Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1978 marta o'qildi

9 nafar nogiron talabaning 13 milliondan ortiq to‘lanmagan stipendiyasi  undirib berildi - zarnews.uz

Oliy ta’lim muassasalarida davlat granti asosida o‘qitishning kunduzgi shaklida ta’lim oluvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

I va II guruh nogironligi bo‘lgan, jumladan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.


Avvalgi o‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlaridan qat’i nazarI va II guruh nogironligi bo‘lgan o‘zlashtirayotgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

Chat