Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 7778 marta o'qildi

Mazkur imtiyozdan foydalanish uchun ayollarda to‘liq 20 yil ish staji bo‘lishi talab etiladi.

Bunda ayollar “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 37-moddasida belgilangan quyida keltirilgan 4 ta band asosidagi faoliyati davomiyligi 20 yilni tashkil etganida 54 yoshdan yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi paydo bo‘ladi:

1) mulk va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xodim davlat tomonidan ijtimoiy sug‘urtalangan holda bajargan har qanday ish;

2) harbiy xizmat va partizan otryadlari hamda qo‘shilmalarida bo‘lish, davlat xavfsizligi organlarida, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasida va ichki ishlar organlarida xizmat qilish;

3) idoraviy bo‘ysunuvidan qat’i nazar, harbiylashtirilgan qo‘riqlashdagi, maxsus aloqa organlari va tog‘-kon-qutqaruv qismlaridagi xizmat;

4) yakka tartibdagi mehnat va oilaviy tadbirkorlik faoliyati, shu jumladan shaxsiy yordamchi xo‘jalikdagi va yuridik shaxs tashkil etilmagan holdagi dehqon xo‘jaligidagi faoliyat bilan shug‘ullangan taqdirda imtiyozli pensiyaga chiqishi mumkin.

Qanday holatda ayol kishida 54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqi bo‘lmaydi?

Misol uchun, fuqaro 25 yil ish staji bilan 54 yoshdan yoshga doir pensiya tayinlashni so‘rab Pensiya jamg‘armasiga murojaat qildi.

Lekin fuqaro 3 ta farzandi uchun ushbu ko‘rsatib o‘tilgan davrda 6 yil parvarishlash (dekret) davrida bo‘lgan.

Demak, fuqaroning haqiqiy ish staji 19 yilni tashkil etadi va 54 yoshdan yoshga doir pensiya olish huquqiga ega bo‘lmaydi.

Ushbu holatda ayollarga 55 yoshdan pensiya tayinlanadi.

Chat