Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2214 marta o'qildi

Farmonga muvofiq, magistratura mutaxassisliklari va oliy ta’limdan keyingi ta’lim ixtisosliklariga qabul qilishda xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikatlar quyidagi darajalarda talab etiladi:

  • xorijiy tillar yo‘nalishlari bo‘yicha – kamida S1 darajasida;
  • gumanitar, biologik va turdosh fanlar, matematika va statistika, biznes va boshqaruv, huquq, xizmat ko‘rsatish, ijtimoiy va xulq-atvorga mansub fanlar, jurnalistika va axborot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta’lim sohalari bo‘yicha – kamida V2 darajasida;
  • boshqa ta’lim sohalari hamda madaniyat va sport mutaxassisliklari (ixtisosliklari) bo‘yicha – kamida V1 darajasida.

2024-yil yakunigacha o‘z ahamiyatini yo‘qotib boradigan hamda yangi paydo bo‘ladigan kasblar (lavozimlar) ro‘yxati, ularga qo‘yiladigan malaka talablar va kompetentsiyalar shakllantiriladi.


2025-yil 1-maygacha jamlangan ma’lumotlar asosida “O‘zbekiston yangi kasblar atlasi” elektron platformasi yaratiladi hamda har yili yangilab boriladi.

Chat