Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1600 marta o'qildi

“O‘zbekiston davlat sport akademiyasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-197-son, 28.05.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra, Oliy sport mahorati instituti negizida O‘zbekiston davlat sport akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.

Quyidagilar 2025/2026 o‘quv yilidan Akademiya huzuriga o‘tkaziladi:

  • Jismoniy tarbiya va sport ilmiy tadqiqotlar instituti;
  • Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti hamda uning tegishli filiallari.

Sport sohasida natijalari yuqori bo‘lgan davlatlarning etakchi oliy sport-ta’lim tashkilotlari tajribasi asosida zamonaviy kadrlarni tayyorlash Akademiyaning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Akademiya tizimida davlat muassasasi shaklidagi Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi tashkil etiladi.

Davlat sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi sport tibbiyoti sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi, sport turlari bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoalari a’zolarini tibbiy jihatdan musobaqalarga tayyorlashni tashkil qiluvchi davlat tibbiyot muassasasi hisoblanadi.

Sportchilarga xorijiy tillar va O‘zbekiston tarixini chuqurlashtirilgan holda o‘rgatish maqsadida Akademiya tuzilmasida Axborot-kutubxona markazini o‘z ichiga oluvchi yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan O‘zbekiston tarixi va xorijiy tillarni o‘qitish markazi tashkil etiladi.

Chat