Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1734 marta o'qildi

“Bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida dam oladigan bolalar qamrovini kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-199-son, 29.05.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra,  tadbirkorlik sub’ektlari va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarni jalb etgan holda belgilangan statsionar bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida quyidagi mexanizmlar orqali o‘zaro manfaatli hamkorlik loyihalari amalga oshiriladi:

  • oromgohlar hududining bir qismida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va er uchastkalarining bir qismini 15 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
  • oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va er uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda foydalanish uchun 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish;
  • oromgohlar hududida yangi binolarni qurish yoki mavjud binolarni ta’mirlash va jihozlash, shuningdek, yozgi mavsum paytida oromgohlar tashkil etish sharti bilan oromgohlar bino-inshootlari va er uchastkalarini 10 yilgacha muddatga hamkorlarga ijaraga berish.

Bunda mazkur nazarda tutilgan hamkorlik loyihalari O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladigan shartlar asosida hamkorlarga “E-auksion” elektron savdo platformasi orqali taklif etiladi.

Shuningdek, belgilangan oromgohlarning bino-inshootlari va er uchastkalarini yozgi mavsumdan tashqari paytda hamkorlarga ijaraga berish orqali ularni o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkaziladi.

Chat