Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1079 marta o'qildi

O‘zbekistonda “yashil” iqtisodiyotga o‘tish choralarini muvofiqlashtirish bo‘yicha idoralararo kengashga issiqxona gazlarining xatlovi bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklandi:

  • issiqxona gazlari xatlovi hisobotini tasdiqlash;
  • xatlov tizimining ichki qoidalarini tasdiqlash va yangilab borish;
  • issiqxona gazlari ajratmalarini kamaytirish faoliyatini muvofiqlashtirish;
  • xatlov tizimi ishtirokchilarining salohiyatini oshirish choralarini ko‘rish.

2024-yil 1 dekabrgacha milliy shaffoflik tizimi onlayn platformasi (onlayn platforma) ishga tushirilishi va uning “Yashil” iqtisodiyot onlayn platformasiga integratsiya qilinishi ta’minlanadi.

2025-yil 1 yanvargacha tajriba-sinov tariqasida muayyan soha, hudud va korxonalarda issiqxona gazlari ajratmalari xatlovdan o‘tkazilishi ta’minlanadi.

Bunda onlayn platformaning faoliyati Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil” iqtisodiyot loyihalari markazi tomonidan muvofiqlashtiriladi.

Chat