Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2032 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» 2021-yil 13-iyuldagi PF-6260-son Farmoni bilan:

  • davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat ko‘rsatayotgan nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining yuqori 500 talik ro‘yxatiga kiritilgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarini (bakalavriat va magistratura) tamomlagan yoki ularda ilmiy daraja (PhD va unga tenglashtirilgan boshqa ilmiy daraja) olgan yosh mutaxassislarning lavozim maoshiga Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan qo‘shimcha ustamalar to‘lab borish tartibi joriy etilgan;
  • Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan oylik ustamalar tatbiq etiladigan ta’lim yo‘nalishlari, tor mutaxassisliklar hamda davlat organlari va tashkilotlari ro‘yxati shakllantirilishi;
  • yosh mutaxassisning lavozim maoshiga qo‘shimcha oylik ustamalar to‘lanishi Agentlik, ish beruvchi va yosh mutaxassis bilan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga tuzilgan shartnoma asosida amalga oshirilishi belgilangan.

Yosh mutaxassislarga qo‘shimcha ustamalar miqdori belgilanishida nufuzli xalqaro reyting tashkilotlarining (TNE (The Times Nigher Education World University Rankings), QS (Quacquarelli Symonds World University Rankings), ARWU (Academic Ranking of World Universities) yuqori 500 talik ro‘yxatidagi eng yuqori o‘rinda joy olgan xorijiy oliy ta’lim tashkiloti inobatga olinadi.

2022-yil iyunь oyidan boshlab xorijdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan, ilm-fan bilan shug‘ullanayotgan, etakchi kompaniyalarda ishlayotgan hamda yuksak bilim va malakaga ega bo‘lgan O‘zbekiston yoshlarining O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari va tashkilotlari hamda ularning hududiy bo‘linmalarida ishlashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida quyidagicha tizim joriy etilgan:

  • yosh vatandoshlarni faoliyati davomida Vazirlar Mahkamasining «Davlat uy-joy fondidagi turar joylarni taqsimlash va fuqarolarga ijara shartnomasi shartlari asosida berishni tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida» 2019-yil 26-fevraldagi 170-son qaroriga asosan yashash uchun xizmat turar joylari bilan ta’minlash;
  • davlat organlari va tashkilotlarida kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan yosh vatandoshlarga uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joy qurish va rekonstruktsiya qilish uchun ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va foizlarning bir qismini qoplash uchun subsidiya berish.

Bunda:

  • subsidiya berish Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish yoki yakka tartibdagi uy-joylarni qurish va rekonstruktsiya qilish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda nazarda tutilgan tartib orqali amalga oshiriladi;
  • davlat organlari va tashkilotlari rahbarlari yosh vatandoshlar bilan mehnat shartnomasi tuzilganligi, mehnat staji etarliligi va uy-joyga muhtojligi haqidagi ma’lumotlarni Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali subsidiya to‘lanadigan talabgorlarni tanlab olish bo‘yicha komissiyaga taqdim etadi.
Chat