Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1886 marta o'qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.08.2021-yildagi PQ-5220-sonli qarori bilan "Vatandoshlar" jamoat fondi tashkil etilgan

 Fond faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilangan:
  • xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ular tomonidan tuzilgan jamoat birlashmalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish;
  • xalqaro huquqning umume’tirof etilgan printsiplari va normalari, vatandoshlar istiqomat qilayotgan mamlakatlarning qonunlari va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarning huquq va erkinliklarini himoya qilishga ko‘maklashish;
  • xorijda murakkab hayotiy vaziyatga tushib qolgan vatandoshlarni belgilangan tartibda moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularga axborot jihatidan va huquqiy yordam ko‘rsatish;
  • xorijda o‘zbek tili, madaniyati va an’analarini saqlab qolish va rivojlantirishga qaratilgan faoliyatni qo‘llab-quvvatlash;
  • xorijda yurtimizning boy ilmiy, madaniy va ma’naviy merosini keng targ‘ib qilish va ommalashtirish, vatandoshlarga madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkil etishda ko‘maklashish;
  • vatandoshlar tomonidan tashkil etilgan jamoat birlashmalari faoliyatini rag‘batlantirish, ularga xorijda o‘zbek milliy madaniy markazlarini tashkil etishda amaliy yordam ko‘rsatish;
  • xorijiy davlatlarning ta’lim o‘zbek tilida olib borilayotgan muassasalarida pedagog kadrlarga bo‘lgan mavjud ehtiyojdan kelib chiqib, xorijda istiqomat qilayotgan iqtidorli vatandoshlarimizning respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olishlariga ko‘mak ko‘rsatish va boshqalar.

Quyidagilar Fond mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilangan:
  • davlat subsidiyasi va davlat ijtimoiy buyurtmalaridan kelib tushadigan mablag‘lar;
  • muassislar tomonidan ajratiladigan mablag‘lar;
  • yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
  • yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy va xalqaro tashkilotlar, xorijiy davlatlarning grantlari;
  • Fond mablag‘larini tijorat banklarida depozitga qo‘yishdan olinadigan daromadlar;
  • Fondning tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar (foyda);
  • qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish shartlariga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga tenglashtirilgan.

Chat