Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1135 marta o'qildi

Xalqaro haydovchilik guvohnomalari va Yo‘l harakati to‘g‘risidagi Konventsiya (Vena, 1968-yil 8-noyabrь) talablariga javob beradigan milliy haydovchilik guvohnomalari O‘zbekiston Respublikasi hududida avtomototransport vositalarini boshqarish uchun haqiqiy hisoblanadi.

Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning hamda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining xorijiy davlatlarda olgan haydovchilik guvohnomalarini O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtirishdan oldin ular YHXBB orqali Tashqi ishlar vazirligida tekshiriladi.

Tekshirish natijasida haydovchilik guvohnomalari tasdiqlangan shaxslarning haydovchilik guvohnomasi, ular tibbiy ko‘rikdan o‘tib, nazariy va amaliy imtihonlarni topshirganlaridan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining milliy haydovchilik guvohnomalariga almashtiriladi.

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihon topshirish tartibi bilan batafsil havolada tanishing.

Chat