
Sportchilarga qancha mukofot beriladi?
Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida:
- oltin medalь uchun — 200 000 AQSh dollari;
- kumush medalь uchun — 100 000 AQSh dollari;
- bronza medalь uchun — 50 000 AQSh dollari miqdorida bir martalik pul mukofoti belgilangan.
Trenerlar ham rag‘batlantiriladimi?
Ha. G‘olib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlarga:
- oltin medalь uchun — 50 000 AQSh dollari;
- kumush medalь uchun — 25 000 AQSh dollari;
- bronza medalь uchun — 12 500 AQSh dollari miqdorida bir martalik mukofot to‘lanadi.
Yoshlar Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari uchun ham alohida rag‘batlantirish miqdorlari belgilangan.