Qo‘l yuki - o‘z o‘lchamlari va vazniga ko‘ra (uzunligi, eni va balandligi o‘lchovi yig‘indisi bo‘yicha 180 sm dan, qoidaga ko‘ra vazni 36 kg dan (ikki yotoqli vagonlar uchun - 50 kg dan) oshmaydigan bo‘lishi kerak) o‘ram turi va xilidan qat’i nazar, engil ko‘tarib yuriladigan, yo‘lovchi vagonlarida ularni joylashtirish uchun mo‘ljallangan joylarga qiyinchiliksiz joylashtiriladigan yuklar va buyumlar.
Bagaj - yo‘lovchiga shaxsan tegishli bo‘lgan, unga poezdda yurishi tugagach zarur bo‘lgan va tashish uchun bagaj vagonida chipta bo‘yicha qabul qilinuvchi buyumlar.
Yuk bagaji - yo‘lovchilar va pochta-bagaj poezdlarida tashiladigan temir yo‘l tashishlari ob’ektlari.
Qo‘l yuki va bagaj orqali tashishda ko‘rik paytida olib ko‘yilmaydigan cheklangan miqdorlardagi maishiy maqsaddagi moddalar va buyumlar
- sirka (bitta yo‘lovchiga 0,5 litrdan ko‘p emas);
- alkogolli ichimliklar;
- xizmat maqsadlarida tashiladigan spirt, tamg‘a raqami ko‘rsatilgan holda korxona (tashkilot) ma’lumotnomasi bilan tasdiqlanadigan, germetik yopilgan va tamg‘alangan idishlarda ikki litrdan ortiq bo‘lmagan miqdorda tashiladi;
- germetik idishda va o‘ramda tashiladigan tez alangalanadigan suyuqliklar;
- atseton;
- neftь mahsulotlari namunalari;
- metalatsetat (metil efiri);
- uglerod sulьfid;
- efirlar;
- pardoz-andoz vositalari, shu jumladan tirnoq uchun laklar, laklarni ko‘chirish uchun suyuqliklar, soch uchun suyuqliklar, shuningdek spirt-lok asosidagi havoni tozalovchi suyuqliklar;
- gazli zajigalkalar va zajigalkalar uchun gazli ballonchalar (bitta yo‘lovchiga 2 ta ballonchadan ortiq emas);
- buklama (fiksatorsiz) yo‘l pichoqlari va qayirma pichoqlar;
- simobli tibbiyot termometrlari (gradusniklar) (bitta yo‘lovchiga 1 donadan ortiq emas);
- standart g‘ilofdagi simobli tonometrlar (bitta yo‘lovchiga 1 donadan ortiq emas);
- jo‘natuvchining tamg‘asi bilan maxsus germetik konteynerlarda joylashtirilgan simobli barometrlar va manometrlar.