Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1466 marta o'qildi

Mualliflik huquqi ob’ekti

Mualliflik huquqi ijodiy faoliyat natijasi bo‘lmish fan, adabiyot va san’at asarlariga nisbatan, ularning maqsadi va qadr-qimmati, shuningdek ifodalanish usulidan qat’i nazar, tatbiq etiladi.

Mualliflik huquqi quyidagi biron-bir ob’ektiv shaklda bo‘lgan oshkor qilingan asarlarga ham, oshkor qilinmagan asarlarga ham tatbiq etiladi:

  • yozma (qo‘lyozma, mashinkalangan yozuv, notali yozuv va hokazo);
  • og‘zaki (omma oldida so‘zlash, omma oldida ijro etish va hokazo);
  • ovozli yoki video yozuv (mexanik, magnitli, raqamli, optik va hokazo);
  • tasvir (rasm, eskiz, manzara, tarh, chizma, kino-, tele-, video- yoki fotokadr va hokazo);
  • hajmli-fazoviy (haykal, modelь, maket, inshoot va hokazo);
  • boshqa shakllardagi.

Mualliflik huquqi g‘oyalar, printsiplar, uslublar, jarayonlar, tizimlar, usullar yoki kontseptsiyalarga emas, balki ifoda shakliga nisbatan tatbiq etiladi.

Mualliflik huquqi ob’ektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
  • adabiy asarlar (adabiy-badiiy, ilmiy, o‘quv, publitsistik va boshqa asarlar);
  • dramatik va stsenariy asarlar;
  • matnli va matnsiz musiqa asarlari;
  • musiqali-dramatik asarlar;
  • xoreografiya asarlari va pantomimalar;
  • rangtasvir, haykaltaroshlik, grafika, dizayn asarlari va boshqa tasviriy san’at asarlari;
  • manzarali-amaliy va sahna bezagi san’ati asarlari;
  • arxitektura, shaharsozlik va bog‘-park barpo etish san’ati asarlari;
  • fotografiya asarlari va fotografiyaga o‘xshash usullarda yaratilgan asarlar va boshqalar.

Quyidagilar mualliflik huquqi ob’ektlari hisoblanmaydi:
  • rasmiy hujjatlar (qonunlar, qarorlar va shu kabilar), shuningdek ularning rasmiy tarjimalari;
  • rasmiy ramzlar va belgilar (bayroqlar, gerblar, ordenlar, pul belgilari va shu kabilar);
  • xalq ijodiyoti asarlari;
  • oddiy matbuot axboroti tusidagi kundalik yangiliklarga doir yoki joriy voqealar haqidagi xabarlar;
  • insonning bevosita individual asar yaratishga qaratilgan ijodiy faoliyati amalga oshirilmasdan, muayyan turdagi ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan texnika vositalari yordamida olingan natijalar.

Rasmiy hujjat, ramz yoki belgining loyihasiga bo‘lgan mualliflik huquqi loyihani yaratgan (ishlab chiqqan) shaxsga tegishlidir.


Rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilarning loyihalarini ishlab chiqqan shaxslar, basharti bunday loyihani ishlab chiqish to‘g‘risida topshiriq bergan organ tomonidan taqiqlanmagan bo‘lsa, o‘zlari yaratgan loyihalarni e’lon qilishga haqlidirlar. Loyihani e’lon qilishda uni ishlab chiqqan shaxslar o‘z ismlarini ko‘rsatishga haqlidirlar.

Vakolatli organ rasmiy hujjat tayyorlash uchun loyihadan, basharti loyiha uni ishlab chiqqan shaxs tomonidan e’lon qilingan yoki tegishli organga yuborilgan bo‘lsa, mazkur shaxsning roziligisiz foydalanishi mumkin.

  • Loyiha asosida rasmiy hujjatlar, ramzlar va belgilar tayyorlash chog‘ida rasmiy hujjat, ramz yoki belgi tayyorlayotgan organning xohishiga ko‘ra loyihaga qo‘shimchalar va o‘zgartishlar kiritilishi mumkin.
  • Vakolatli organ loyihani ma’qullaganidan keyin loyihadan uni ishlab chiqqan shaxsning ismi-sharifini ko‘rsatmagan holda foydalanish mumkin.

Intellektual mulkga ob’ektlariga oid shartnomani ro‘yxatdan o‘tkazish. 

Chat