Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 11901 marta o'qildi

Patent kimga tegishli bo‘ladi?

Patent, qoida tariqasida, muallifga, uning huquqiy vorisiga yoki qonunda nazarda tutilgan boshqa huquq egasiga beriladi.

Agar bir-biridan mustaqil ravishda bir xil sanoat mulki ob’ektini yaratgan bir nechta shaxs patent olishga talabgor bo‘lsa, qonunda belgilangan ustuvorlik qoidalari qo‘llanadi.

Patentning o‘zi ham, uni olish huquqi ham meros bo‘yicha o‘tishi mumkin.

Patent nimani tasdiqlaydi?

Patent ob’ektning ustuvorligini, mualliflikni va patent egasining unga bo‘lgan mutlaq huquqini tasdiqlaydi.

Huquqiy muhofaza hajmi:

  • ixtiro va foydali modelь uchun — ularning formulasi;
  • sanoat namunasi uchun — tasvirlarda aks ettirilgan muhim belgilar majmui bilan belgilanadi.

Patent qancha vaqt amal qiladi?

Talabnoma Adliya vazirligiga berilgan sanadan hisoblaganda:

  • ixtiro patenti — 20 yil;
  • sanoat namunasi patenti — 10 yil;
  • foydali modelь patenti — 5 yil amal qiladi.

Patent muddatini uzaytirish mumkinmi?

Ha, qonunda nazarda tutilgan hollarda:

  • ixtiro patenti — ko‘pi bilan 5 yilga;
  • sanoat namunasi patenti — 5 yilga;
  • foydali modelь patenti — 3 yilga uzaytirilishi mumkin.

Yillik boj to‘lanmay qolsa patentni tiklash mumkinmi?

Agar patentni o‘z kuchida saqlab turish uchun belgilangan patent boji o‘z vaqtida to‘lanmagani sababli patentning amal qilishi muddatidan oldin tugatilgan bo‘lsa, uni tiklash mumkin.

Patent egasi tegishli bojni to‘lab, Adliya vazirligiga:

  • patent amal qilishi tugatilgan sanadan 3 yil ichida;
  • biroq patent uchun qonunda belgilangan eng ko‘p amal qilish muddati tugamasidan oldin iltimosnoma berishi kerak.

Eslatma: patent berilganining o‘zi uni butun muddat davomida avtomatik ravishda amal qildirib turmaydi. Patentni saqlab turish uchun belgilangan patent bojlarini o‘z vaqtida to‘lash zarur.

Chat