Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1045 marta o'qildi

Tovar chiqarilgan joy nomi uni ro‘yxatga olish asosida huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Mamlakat, aholi punkti, joy yoki boshqa jo‘g‘rofiy ob’ektning tovarni belgilash uchun ishlatiladigan nomi alohida xususiyatlari tamomila yoki asosan ana shu jo‘g‘rofiy ob’ektga xos tabiiy sharoitlar yoki boshqa omillar yoxud tabiiy sharoitlar va bu omillarning o‘zaro birikmasi bilan belgilanadigan tovar chiqarilgan joy nomi (kelib chiqish ko‘rsatkichi) deb e’tirof etiladi.

Jo‘g‘rofiy ob’ektning tarixiy nomi tovar chiqarilgan joyning nomi bo‘lishi mumkin.

Garchi jo‘g‘rofiy ob’ektning nomi bo‘lsa-da yoki shu nomni o‘z tarkibiga olgan bo‘lsa-da, ammo O‘zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovarning u tayyorlangan joy bilan bog‘liq bo‘lmagan belgisi sifatida umumiy iste’molga kirib ketgan belgi tovar chiqarilgan joy nomi deb e’tirof etilmaydi va ushbu paragraf qoidalariga muvofiq huquqiy muhofaza maqsadlarida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi. Biroq bu hol bunday nomdan insofsizlik bilan foydalanish natijasida huquqi buzilgan shaxsni o‘z huquqlarini qonunda nazarda tutilgan boshqacha usullar bilan muhofaza qilish imkoniyatidan mahrum etmaydi.

  • Tovar chiqarilgan joy nomini vakolatli davlat organi ro‘yxatdan o‘tkazadi.
  • Ro‘yxatga olish asosida tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi to‘g‘risida guvohnoma beriladi.
  • Ro‘yxatga olish, guvohnoma berish, ro‘yxatga olishni haqiqiy emas deb topish hamda ro‘yxatga olish va guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish tartibi va shartlari qonun bilan belgilab qo‘yiladi.

Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqiga ega bo‘lgan shaxs bu nomni tovarda, idish va o‘rovda, reklamada, bosma ma’lumotnomalarda, hisobvaraqlarda ishlatish hamda ushbu tovarning fuqarolik muomalasiga kiritilishi munosabati bilan joy nomidan boshqacha tarzda foydalanishga haqlidir.

Tovar chiqarilgan joyning nomi talablarga javob beradigan tovarni belgilash uchun bir necha shaxs tomonidan ham birgalikda, ham bir-biridan mustaqil tarzda ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin. Tovar chiqarilgan joy nomidan foydalanish huquqi ana shu shaxslarning har biriga tegishlidir.

O‘zbekiston Respublikasida uning hududidagi tovarlar chiqarilgan joylarning nomlari huquqiy jihatdan muhofaza qilinadi.

Chat