Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 1104 marta o'qildi

Talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasi oshiriladi

Yotoqxona bilan qamrab olinmagan va o‘ziga yoki ota-onasi (qonuniy vakillari)ga tegishli bo‘lmagan uyda ijara huquqi asosida yashaydigan davlat OTMlari talabalarining oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish belgilangan.

 Bunda talabgorlarga oylik ijara to‘lovining bir qismi ijara shartnomasining summasidan qat’iy nazar, quyidagi miqdorda to‘lanadi. 

  • Toshkent shahrida — BHMning bir baravari;
  • qolgan hududlarda — BHMning yarim baravari. 

Bitta turar joyda 2 va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda, ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

Ariza berish uchun talaba belgilangan shakldagi anketa-arizani ikki nusxada to‘ldirib, ijara shartnomasi nusxasi bilan o‘zi ta’lim olayotgan fakulьtetning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari yoki OTMining talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshirishi lozim.

Chat