Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 39 marta o'qildi

Vokzal hududiga kirish

Yo‘lovchilar va tashrif buyuruvchilar temir yo‘l vokzalining nazorat qilinadigan hududiga belgilangan ko‘zdan kechirishdan o‘tgandan keyin kiritiladi.

Ko‘zdan kechirishdan o‘tish yoki qo‘l yuki va bagajni tekshirishga taqdim etish rad etilsa, shaxs nazorat hududiga kiritilmaydi.

Yo‘lovchilar platformasi va poezdga:

  • chiptasi mavjud yo‘lovchilar;
  • harakatlanishi cheklangan, bemor yoki keksa yo‘lovchini kuzatuvchi yoxud kutib oluvchi shaxslar tegishli tartibda o‘tishi mumkin.

Kuzatuvchi yoki kutib oluvchi shaxs shaxsini tasdiqlovchi hujjat taqdim etadi.

Temir yo‘ldan o‘tish

Temir yo‘ldan faqat belgilangan va jihozlangan joylar:

  • piyodalar o‘tish yo‘li;
  • piyodalar ko‘prigi;
  • er osti yo‘li orqali o‘tish kerak.

Nogironlik aravachasidan foydalanuvchi shaxslar temir yo‘ldan piyodalar o‘tish joyi orqali va kuzatuvchi bilan o‘tadi.

Poezd yaqinlashayotganda platforma chetidagi chegara chizig‘idan xavfsiz masofada turish kerak.

Taqiqlangan harakatlar

Vokzal va stantsiya hududida:

  • vagonlar orasidan yoki ularning tagidan o‘tish;
  • temir yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tish;
  • platforma chetidagi chegara chizig‘idan o‘tish;
  • harakatlanayotgan poezd yonida yugurish;
  • poezd to‘liq to‘xtamasdan vagonga chiqish yoki tushish;
  • vagon oynasi yoki tambur eshigidan bosh chiqarish;
  • vagon tomiga chiqish yoki turgan vagonga suyanish;
  • avtomatik eshiklarning yopilishiga to‘sqinlik qilish;
  • temir yo‘lga buyum qo‘yish;
  • bolalarni qarovsiz qoldirish;
  • maxsus ajratilmagan joyda chekish;
  • axlat yoki buyumlarni vagondan tashqariga tashlash;
  • transport infratuzilmasi va axborot belgilarini shikastlash taqiqlanadi.

Mast holatda jamoat tartibini buzish, yong‘in xavfsizligi talablariga rioya qilmaslik va fuqarolarni jarohatlashi mumkin bo‘lgan buyumlarni g‘ilofsiz olib yurishga ham yo‘l qo‘yilmaydi.

Yo‘lovchilarning majburiyatlari

Yo‘lovchilar:

  • shubhali yoki qarovsiz qoldirilgan buyumlar haqida vokzal xodimiga xabar berishi;
  • poezd yaqinlashganda xavfsiz masofaga chekinishi;
  • favqulodda to‘xtatish talab etiladigan vaziyatda imkon qadar signal berishi;
  • bolalarni perronda va vagonga chiqishda qo‘lidan ushlashi;
  • vagonga faqat poezd to‘liq to‘xtagandan keyin, platforma tomonidan chiqishi yoki tushishi kerak.

Qarovsiz yoki shubhali buyumni mustaqil ravishda ochish, ko‘tarish yoki boshqa joyga olib o‘tish mumkin emas.

Vokzaldagi xizmatlar

Vokzalda:

  • ma’lumot xizmati;
  • kutish zallari;
  • ona va bola xonalari;
  • dam olish xonalari;
  • yuk saqlash xonalari;
  • yuk tashuvchi xizmati;
  • servis markazlari;
  • ovqatlanish sharoitlari;
  • imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun xavfsiz va qulay sharoitlar tashkil etiladi.

Qo‘l yuki va bagajni tashish uchun aravachalardan vokzal hamda vokzal oldi hududida bepul foydalanish imkoniyati yaratiladi.

Temir yo‘l vokzalida bo‘lish qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 17-apreldagi 159-son qarori bilan belgilangan.

Chat