Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 856 marta o'qildi

Qarorga muvofiq, tibbiy-ijtimoiy ekspertiza faoliyati samaradorligini yanada oshirish maqsadida 2024-yil 1 oktyabrdan:

  • TIEK xodimlarini ular faoliyati samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichlari (KPI) bajarilishidan kelib chiqib rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yiladi;
  • ixtisoslashtirilgan (psixiatriya, ftiziatriya va pulьmonologiya, pediatriya) TIEKlarning vazifalari va shtat birliklari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlararo va tuman (shahar) TIEKlarga o‘tkazgan holda tugatiladi;
  • joylardagi TIEKlarga pediatr, psixiatr, ftiziatr shtatlari ajratiladi.

2025-yil 1 aprelgacha quyidagi vazirlik va idoralar nogironligi bo‘lgan shaxslarni kasbga, ta’limga va sportga yo‘naltirish tartibini ishlab chiqadi:

  • Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi – tarbiya va ta’limga yo‘naltirish bo‘yicha;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi – kasbga tayyorlash va yo‘naltirish bo‘yicha;
  • Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi – bandlikni ta’minlash bo‘yicha;
  • Sport vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi – ommaviy sport va parasportga yo‘naltirish bo‘yicha.
Chat