Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 258 marta o'qildi

Ayrim tadbirkorlarga to‘langan solig‘ining bir qismi qaytarib beriladi

2024-yil 1 oktyabrdan boshlab turoperatorlik va mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga - byudjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

2025-yil 1 yanvardan boshlab umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlariga oylik tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmasining naqd pulsiz qismi:

60 foiz va undan yuqori bo‘lganda — byudjetga to‘langan soliqning 40 foizi;
60 foizdan kam bo‘lganda — byudjetga to‘langan soliqning 20 foizi qaytariladi.

Tadbirkorlik sub’ekti soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, lekin 3 oydan kechiktirmasdan soliqning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishga haqli.

Soliqning bir qismi quyidagi shartlar to‘liq bajarilganda avtomatik ravishda qaytariladi:

  • hisobot davrida soliq bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotiga muvofiq hisoblangan soliq byudjetga to‘liq to‘langanda;
  • hisobot davrida umumiy ovqatlanish, turoperatorlik yoki mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha umumiy tovar aylanmasi jami tovar aylanmasining 90 foizidan kam bo‘lmaganda;
  • hisobvaraq-fakturalarda yoki nazorat-kassa texnikasi cheklarida realizatsiya qilingan tovarlar (xizmatlar) nomenklaturasi hamda faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlariga yoki amalga oshiriladigan turlariga muvofiq bo‘lgan identifikatsiya kodlari aks ettirilgan qismiga nisbatan.

Vaqtinchalik Nizom 2028-yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.

Chat