Yuridik xizmat davlat organi yoki tashkiloti faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylik ta’minlanishiga ko‘maklashadi. U tashkilot qabul qilayotgan hujjatlarning qonunchilikka muvofiqligini tekshiradi va huquqiy masalalar bo‘yicha rahbariyat hamda tarkibiy bo‘linmalarga ko‘mak beradi.
Yuridik xizmat faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
Yuridik xizmat o‘z vakolati doirasida hujjatlar loyihalarini huquqiy ekspertizadan o‘tkazadi, qonunchilikka zid normalarni aniqlaydi, shartnomalar va da’vo ishlarida ishtirok etadi, sud va boshqa organlarda tashkilot manfaatlarini himoya qilishga ko‘maklashadi.
Shuningdek, huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganadi, qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi va xodimlarga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyatini etkazishda ishtirok etadi.
Eslatma: yuridik xizmat va uning xodimlariga Nizomda yoki boshqa qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilmagan vazifalarni yuklashga yo‘l qo‘yilmaydi.