Yo‘lovchining xulq-atvoriga oid taqiqlar
Avtobusda quyidagilar taqiqlanadi:
- mast holda yurish;
- alkogolь va tamaki mahsulotlarini iste’mol qilish;
- haydovchi yoki konduktorning ruxsatisiz oynalarni ochish;
- transport vositasi oynasidan tashqariga osilish;
- salonni yoki boshqa yo‘lovchilarning kiyimlarini iflos qiladigan buyumlarni olib kirish;
- transport vositasining jihozlari va mol-mulkiga zarar etkazish;
- haydovchini transportni boshqarishdan chalg‘itish;
- boshqa yo‘lovchilarning xavfsizligi va tinchligiga xalaqit berish.
Xavfli moddalar va qurollar
Avtobusda:
- tez yonuvchan;
- portlovchi;
- zaharlovchi;
- zaharli;
- qo‘lansa;
- radioaktiv modda va buyumlarni olib yurish taqiqlanadi.
O‘qotar qurol, tig‘li va keskir buyumlar qonunchilikda belgilangan tartibda hamda tegishli g‘ilof yoki maxsus o‘ramda tashilishi kerak.
Muhim: xavfli moddalar yoki ochiq holdagi qurolni olib kirish nafaqat transportdan chiqarib yuborishga, balki ma’muriy yoki boshqa javobgarlikka ham sabab bo‘lishi mumkin.
Yirik va og‘ir buyumlar
Avtobus salonida quyidagi buyumlarni olib yurish taqiqlanadi:
- o‘lchami 100 × 50 × 30 santimetrdan katta bo‘lgan;
- bir joy uchun og‘irligi 60 kilogrammdan ortiq bo‘lgan;
- uzunligi 200 santimetrdan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Shuningdek, o‘lchamidan qat’i nazar, transport salonini yoki yo‘lovchilar kiyimini iflos qiladigan, o‘tkir qirralari ochiq yoki xavfsiz o‘ralmagan buyumlarni olib yurish mumkin emas.
Hayvonlarni olib yurish
Itlarni tumshuqbog‘siz olib yurish taqiqlanadi. Mayda hayvonlar va parrandalar boshqa yo‘lovchilarga xavf yoki noqulaylik tug‘dirmaydigan maxsus qafas yoki idishda tashilishi lozim.
Hayvonni tashishda sanitariya, xavfsizlik va jamoat tartibi talablariga rioya qilinishi shart.
Transportdan foydalanishdagi umumiy majburiyatlar
Yo‘lovchi:
- yo‘l haqini va bagaj haqini o‘z vaqtida to‘lashi;
- chiptani manzilga etgunga qadar saqlashi;
- nazoratchining talabiga ko‘ra chipta yoki to‘lov tasdig‘ini ko‘rsatishi;
- imtiyozli yurish huquqini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishi;
- transportda tozalik va tartibga rioya qilishi;
- tashuvchining jihoz va mol-mulkini ehtiyot qilishi shart.
Avtobusdan foydalanish qoidalari Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-noyabrdagi 482-son qarori bilan belgilangan.