
Abiturient my.uzbmb.uz portalida shaxsiy kabinet ochadi. Ro‘yxatdan o‘tishda, qoida tariqasida:
Shaxsiy kabinetga telefon raqami va parolь yoki mavjud bo‘lsa OneID orqali kiriladi.
Abiturient elektron arizada:
Ma’lumotlar to‘g‘ri kiritilgandan keyin ariza tasdiqlanadi.
Muhim: fanlar majmuasini tanlashda ehtiyot bo‘lish kerak. Testdan keyin faqat tanlangan fanlar majmuasiga mos bakalavriat yo‘nalishlarini tanlash mumkin bo‘ladi.
Abiturientning imtiyozi, milliy yoki xalqaro sertifikati haqidagi ma’lumotlar vakolatli organlarning axborot tizimlari orqali tekshiriladi.
Agar ma’lumot avtomatik ravishda ko‘rinmasa, abiturient shaxsiy kabinetda ko‘rsatilgan tartibda tasdiqlovchi hujjatni yuklaydi yoki Bilim va malakalarni baholash agentligiga murojaat qiladi.
Mustaqil ravishda onlayn ro‘yxatdan o‘ta olmagan shaxs istalgan Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilishi mumkin.
Markazga murojaat qilinganda:
Markaz xodimi arizani elektron shaklda to‘ldirib, ma’lumotlarni tekshirish uchun abiturientga taqdim etadi. Abiturientdan belgilanmagan qo‘shimcha hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ariza tasdiqlanishidan oldin quyidagilarni qayta tekshirish lozim:
Ro‘yxatdan o‘tish muddati tugagach arizaning asosiy ma’lumotlarini o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi.