Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 43 marta o'qildi

6 ta vazirlik ishonch telefonlari “ishonchsiz” bo‘lib chiqdi

«Ishonch telefoni» orqali:

  • arizalar — tadbirkorlik sub’ektlarining qonuniy huquqlari, erkinliklari va manfaatlari amalga oshirilishida yordam ko‘rsatish so‘ralgan murojaatlari;
  • takliflar — tadbirkorlik sub’ektlarining davlat va jamiyat faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tavsiyalari yuzasidan murojaatlari;
  • shikoyatlar — tadbirkorlik sub’ektlarining buzilgan qonuniy huquqlar, erkinliklar va manfaatlar tiklanishi talab qilingan murojaatlari qabul qilinadi.

«Ishonch telefoni» orqali tushayotgan murojaatlar dushanba kunidan juma kunigacha (juma kuni ham) (bayram kunlaridan tashqari) soat 09.00 dan 13.00 gacha va 14.00 dan 18.00 gacha adliya organlarining mas’ul xodimlari tomonidan qabul qilinadi.

  • «Ishonch telefoni» orqali murojaatlar butun O‘zbekiston hududida 1008 telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Qo‘ng‘iroq bepuldir. Adliya organlari tomonidan qo‘shimcha telefon raqamlari joriy etilishi mumkin.
  • «Ishonch telefoni» orqali tushayotgan murojaatlarni qabul qilish uchun adliya organlarida maxsus xonalar tashkil etiladi va murojaatlarni qabul qilish uchun mas’ul bo‘lgan xodimlar belgilanadi.

«Ishonch telefoni» orqali telefon qo‘ng‘iroqlariga javob berishda adliya organining qo‘ng‘iroqni qabul qiluvchi mas’ul xodimi:

  • familiyasini, ismini, otasining ismini, egallab turgan lavozimini aytishga;
  • qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga «ishonch telefoni» faqat tadbirkorlik sub’ektidan arizalar, takliflar va shikoyatlarni qabul qilish uchun ishlashini tushuntirishi, shuningdek qasddan yolg‘on ma’lumot taqdim etilishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘lishini ma’lum qilishi;
  • qo‘ng‘iroq qilgan shaxsga axborot va ma’lumotlarni ma’lum qilishni taklif etishi shart.
Chat