Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
– barcha sudlarda ishlar oshkora ko‘riladi, davlat yoki tijorat sirlarini saqlash manfaatlariga zid bo‘lgan hollar bundan mustasno. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning hayotiga taalluqli ma’lumotlar oshkor bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik, shuningdek farzandlikka olish siri va yozishmalar siri saqlanishini ta’minlash maqsadida sudning asoslantirilgan ajrimiga binoan, ish sudning yopiq majlisida ko‘rilishiga yo‘l qo‘yiladi. Ish sudning yopiq majlisida sudlov ishlari yuritishning barcha qoidalariga rioya qilingan holda ko‘riladi. Sudning hal qiluv qarori barcha hollarda oshkora e’lon qilinadi.