Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
qonun bilan saylovda ishtirok etish uchun belgilangan yosh chegarasi. U saylash huquqi uchun alohida, saylanish huquqi uchun alohida belgilanadi. O‘zbekistonda saylash uchun 18 yosh belgilangan. Shuningdek, shaxs xalq deputatlari mahalliy kengashiga deputat bo‘lib saylanish uchun 21 yoshga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatliliga saylanish uchun 25 yoshga, Prezidentlikka saylanish uchun esa 35 yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak. Bu chegara turli mamlakatlarda har xil qilib belgilangan. Fuqarolar Braziliya va Eronda 16 yoshdan, Indoneziyada 17 yoshdan saylash huquqiga ega bo‘lsa, ayrim mamlakatlarda saylash huquqiga ancha yuqori chegara qo‘yilgan: Malayziya, Marokash, Boliviyada 21 yosh. Milliy vakillik organlarga saylanish huquqi – 18 eshdan (GFR) 40 eshgacha (Italiya yuqori palatasi), Prezidentlikka saylanish uchun – 30 eshdan (Kolumbiya) – 50 yoshgacha (Italiya).