
Magistraturaga hujjatlar har yili 1-iyuldan 30 iyulgacha, shu jumladan 30-iyul kuni ham, elektron shaklda qabul qilinadi.
Ariza:
Abiturient faqat tamomlagan bakalavriat yo‘nalishiga mos yoki turdosh magistratura mutaxassisligiga hujjat topshirishi mumkin. Turdosh yo‘nalishlar ro‘yxati har yili vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
Ro‘yxatdan o‘tishda:
2020/2021 o‘quv yilidan boshlab O‘zbekiston oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan berilgan diplom ma’lumotlari o‘rtacha bali bilan HEMIS tizimida mavjud bo‘lsa, diplom va uning ilovasini qayta yuklash talab etilmaydi.
Magistraturaga qabulda quyidagi darajadagi sertifikat talab qilinadi:
Ko‘rish, eshitish va nutqidagi nuqsoni bo‘yicha I yoki II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslardan til sertifikati talab etilmaydi.
Muhim: talab qilinadigan sertifikat darajasi tanlangan magistratura mutaxassisligining ta’lim sohasiga bog‘liq. Sertifikat darajasi etarli bo‘lmasa, ariza qabul qilinmaydi.
Qabul komissiyasi arizalarni har yili 10-avgustgacha ko‘rib chiqadi.
Arizaning qabul qilingani yoki rad etilgani, rad etilganda esa uning sababi shaxsiy kabinetda ko‘rsatiladi. Abiturient ariza holatini elektron platforma orqali kuzatib boradi.
Magistraturaga qabul alohida kirish imtihonisiz, abiturientlarning bakalavriat diplomidagi o‘rtacha ballari ketma-ketligi asosida amalga oshiriladi.
Tanlov:
Diplom bo‘yicha eng yuqori o‘rtacha ballga ega abiturientlar birinchi navbatda davlat grantiga, keyingi abiturientlar esa reyting asosida to‘lov-kontraktga tavsiya etiladi.
Qabul to‘g‘risidagi Davlat komissiyasi qarori har yili 25-avgustgacha qabul qilinadi.