Haydovchining quyidagi harakatlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-moddasi bo‘yicha javobgarlikka sabab bo‘ladi:
Ushbu huquqbuzarliklar uchun haydovchiga 1 BHM miqdorida jarima solinadi.
Trotuar yoki piyodalar yo‘lkasidan avtomobilda harakatlanish faqat piyodaga “noqulaylik etkazish” emas, balki mustaqil ma’muriy huquqbuzarlik bo‘lib, 1 BHM jarimaga sabab bo‘ladi.
128-moddada nazarda tutilgan ayrim huquqbuzarliklar maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish vositalari orqali ham aniqlanishi mumkin.
Biroq qatnov qismidagi chiziqlar talabiga rioya etmaslik, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzish hamda yo‘lovchi yoki piyodalarga loyqa sachratishga oid holatlar Kodeksda avtomatlashtirilgan qayd etish doirasidan mustasno qilingan.