Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 70 marta o'qildi

– fuqarolarning o‘z shaxsiy ehtiyojlari va ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida O‘zR Konstitutsiyasi va qonunlariga zid bo‘lmagan faoliyati. Band aholi deganda ishga (mehnat daromadiga) ega bo‘lgan, o‘zini o‘zi moddiy ta’minlay oladigan fuqarolar tushuniladi. “Aholini ish bilan ta’minlash to‘g‘risida”gi Qonunning 2-m.ga ko‘ra band aholi tarkibiga quyidagilar kiradi: yollanib ishlayotgan (shu jumladan to‘liqsiz yoki vaqtinchalik ishda) shaxslar; ish joyi (lavozimi, vazifasi) vaqtincha saqlanib turgan shaxslar (kasallar, ta’tildagilar, ishlab chiqarish to‘xtatib qo‘yilganligi sababli vaqtincha ishlamayotganlar, ish joyi saqlab turiladigan boshqa shaxslar); o‘zini ish bilan ta’minlayotgan (yakka tadbirkorlar), kooperativ, fermer hamda dehqon xo‘jaligi a’zolari, erkin ijod bilan shug‘ullanuvchilar va boshqalar; harbiy va muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar; ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan fuqarolar; jamoat birlashmalari va diniy muassasalarda ishlayotgan fuqarolar; Qonun hujjatlariga ko‘ra ish (mehnat daromadlari)ga ega bo‘lgan boshqa shaxslar.

Chat