Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
– jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxs jazoga tortiladi. Sud Jinoyat kodeksi Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada Umumiy qismining qoidalariga muvofiq jazo tayinlaydi. Sud jazo tayinlashda sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, qilmishning sababini, etkazilgan zararning xususiyati va miqdorini, aybdorning shaxsini hamda jazoni engillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi holatlarni hisobga oladi.