Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
– qonun ta’sirining qonun kuchga kirishidan avvalgi holatlarga tatbiq etilishi. .o..k. umumiy tartibdan alohida holat bo‘lib, u qonunning o‘zida yoki amalga kiritilishi haqidagi hujjatda maxsus ko‘rsatilishi kerak. Chunonchi, JK 13-m. 2-b.da ko‘rsatilishicha, qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni engillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.