Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 126455 marta o'qildi

Javobgarlik

Transport vositasi haydovchisining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi:

  • ma’muriy ogohlantirishga yoki
  • 2 BHM miqdorida jarimaga sabab bo‘ladi.

Ma’muriy ogohlantirish shartlari

Ma’muriy ogohlantirish har bir birinchi huquqbuzarlik uchun avtomatik ravishda qo‘llanilmaydi.

U vakolatli organ yoki mansabdor shaxs tomonidan:

  • shaxs o‘z qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lganda;
  • qilmishda boshqa ma’muriy huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lmaganda qo‘llanilishi mumkin.

Ma’muriy ogohlantirish yozma yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladi hamda ayni bir shaxsga nisbatan bir yil davomida bir martadan ortiq qo‘llanilmaydi.

Jarima balli

To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzganlik uchun 0,2 jarima balli hisoblanadi.

Ma’muriy ogohlantirishni qo‘llash imkoniyati mavjudligi haydovchi har qanday holatda jarimadan ozod qilinadi degani emas.

Avtomobilь jarima maydonchasiga olib ketilishi mumkin bo‘lgan holat

To‘xtash yoki to‘xtab turish qoidasi buzilganda transport vositasi haydovchisi joyida bo‘lmasa va avtomobilь boshqa yo‘l harakati ishtirokchilarining harakatlanishiga xalaqit bersa, transport vositasi belgilangan tartibda ushlab turilishi mumkin.

Chat