Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10 marta o'qildi

– ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalaridagi faoliyat turiga qarab, o‘z a’zolarining mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilish uchun mushtarak manfaatlar bilan bog‘langan mehnatkashlarni birlashtiradigan ko‘ngilli jamoat tashkiloti. Mehnatkashlar korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda va boshqa ish joylarida kasaba uyushmalari tuzishga haqlidirlar. Kasaba uyushmalari o‘z faoliyatida davlat boshqaruv idoralaridan, xo‘jalik idoralaridan, siyosiy va boshqa jamoat tashkilotlaridan mustaqildirlar, ular oldida hisobdor emaslar va ular tomonidan nazorat qilinmaydilar. Kasaba uyushmalari o‘z ustavlarida belgilangan maqsadlarga va vazifalarga muvofiq ravishda boshqa mamlakatlarning kasaba uyushmalari bilan hamkorlik qilish, o‘z xohishiga ko‘ra xalqaro va boshqa kasaba uyushmalari birlashmalariga va tashkilotlariga kirish huquqiga egadirlar.

Chat