Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
– litsenziya shartnomasi bo‘yicha intellektual faoliyat natijasiga yoki xususiy alomatlarni aks ettiruvchi vositaga nisbatan mutlaq huquqqa ega bo‘lgan taraf (litsenziar) boshqa tarafga (litsenziatga) tegishli intellektual mulk ob’ektidan foydalanishga ruxsatnoma beradi. Litsenziya shartnomasi beriladigan huquqlarni, foydalanish chegaralari va muddatlarini aniqlashi lozim. Litsenziya shartnomasi pullik hisoblanadi. Litsenziya shartnomasi litsenziatga quyidagilarni berishni nazarda tutishi mumkin: intellektual mulk ob’ektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi va boshqa shaxslarga litsenziya berish huquqi saqlanib qolgan holda (oddiy nomutlaq litsenziya) foydalanish huquqini; intellektual mulk ob’ektidan, litsenziarning undan foydalanish huquqi saqlanib qolgan holda, biroq boshqa shaxslarga litsenziyani berish huquqisiz (mutlaq litsenziya) foydalanish huquqini; qonunda yo‘l qo‘yiladigan boshqa turdagi litsenziyalarni. Agar litsenziya shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, litsenziya oddiy (nomutlaq) deb hisoblanadi.