Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 26 marta o'qildi

– fuqarolik qonun-hujjatlariga muvofiq oferta yo‘llangan taraf uchun shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan hollarda shartnoma tuzishdir. Bu taraf oferta olingan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida boshqa tarafga aktsept to‘g‘risida yoki aktseptdan bosh tortishi to‘g‘risida yoxud ofertani boshqa shartlarda aktseptlashi to‘g‘risida shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi bildirish yo‘llashi kerak. Oferta yo‘llagan hamda shartnoma tuzishi majburiy bo‘lgan tarafdan ofertani boshqa shartlarda aktseptlash to‘g‘risida bildirish (shartnoma loyihasiga kelishmovchiliklar bayonnomasi) olgan taraf bunday bildirish olingan yoki aktsept uchun muddat tugagan kundan boshlab o‘ttiz kun mobaynida shartnoma tuzish chog‘ida yuz bergan kelishmovchiliklarni ko‘rib chiqish uchun sudga topshirishga haqli. Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf shu tufayli etkazilgan zararlarni boshqa tarafga to‘lashi kerak.

Chat