Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 75 marta o'qildi

– qarzdor aybi bo‘lgan taqdirda majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi uchun, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, javob beradi. Qarzdor majburiyatni lozim darajada bajarish uchun o‘ziga bog‘liq bo‘lgan hamma choralarni ko‘rganligini isbotlasa, u aybsiz deb topiladi. Aybning yo‘qligi majburiyatni buzgan shaxs tomonidan isbotlanadi. Basharti, qonunda yoki shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda majburiyatni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan shaxs majburiyatni lozim darajada bajarishga engib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (fors-major) tufayli imkon bo‘lmaganligini isbotlay olmasa, javobgar bo‘ladi. Qarzdorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilishi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda yo‘qligi, qarzdorda zarur pul mablag‘larining bo‘lmaganligi bunday vaziyatlar jumlasiga kirmaydi. Majburiyatni qasddan buzganlik uchun javobgarlikni bartaraf qilish yoki cheklash to‘g‘risidagi avvaldan kelishilgan bitim u tuzilgan paytdan boshlab haqiqiy emas.

Chat