Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
– bu so‘zning asl ma’nosi “munozara joyi”, frantsuzcha “parlie” – gap-so‘z, bahs, “ment” – joy, o‘rin demakdir. Demokratik davlatlarda oliy vakillik va qonunchilik organining nomidir. Parlament birinchi marta XIII asrda Angliyada tashkil qilingan. Oliy vakillik organlari bir necha mamlakatlarda jumladan, Buyuk Britaniya, Frantsiya, Italiya, Kanada, Belьgiyada to‘g‘ridan-to‘g‘ri parlament deb ataladi. AQSh va ba’zi Lotin Amerikasi mamlakatlarida Kongress, Rossiyada Federal Majlis, Latviya, Polьshada Seym deb ataladi. O‘zbekistonda esa, u Oliy Majlisdir. Parlamentni tashkil qilish tartibi, vakolat muddati, vakolat doirasi turli mamlakatlarda turlicha bo‘lib, ular Konstitutsiya hamda qonunlarda belgilab ko‘yiladi.