Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
– besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin bo‘lgan qasddan yangi jinoyat sodir etish, ya’ni: a) ilgari o‘ta og‘ir jinoyati uchun yoki ikki marta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinib, ularning har biri uchun besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxs tomonidan o‘ta og‘ir jinoyat sodir etilishi; b) ilgari og‘ir jinoyati uchun ikki marta hukm qilingan yoki oldin-keyinligidan qat’i nazar, og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar uchun ularning har biriga besh yildan kam bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan shaxsning og‘ir jinoyat sodir etishi sudning xukmi bilan o‘ta xavfli retsidivist deb topish uchun asos bo‘ladi.