Transport vositasini boshqarish jarayonida yo‘l harakati qoidabuzarliklarni sodir etish holatlarini jarima ballari asosida baholash, jarima ballarini hisoblash, hisoblangan jarima ballari bo‘yicha murojaat qilish va ularni ko‘rib chiqish tartibini belgilaydi.
Jarima ballari faqat Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bo‘yicha qabul qilingan qarorlar asosida hisoblanadi.
Nizomga ko‘ra, jarima ballari haydovchilar qoidabuzarliklarni birinchi marta sodir etgan kundan boshlab, keyingi yil shu kunga qadar amalda hisoblanadi.
Jarima ballarini hisoblash davrida jarima ballari o‘n ikki ballga etmasa, to‘plangan ballar keyingi jarima ballarini hisoblash davri uchun hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jarima ballarini hisoblash tartibi:
Mazkur qaror 2025-yil 1-iyundan kuchga kiradi.