MJtKning moddasi raqami va nomi |
MJtK jarima ballari hisoblanishi belgilangan moddalarning dispozitsiyalari |
Belgilangan jarima ballari miqdori |
125-modda. Transport vositalaridan foydalanish qoidalarini buzish |
(uchinchi qism) Haydovchilarning tormoz tizimida, rulь boshqaruvida yoki ulovchi qurilmada nosozligi bo‘lgan yoxud tegishli ruxsatnomasiz qayta jihozlangan transport vositalarini boshqarishi |
0,3 |
(beshinchi qism) Foydalanish belgilangan tartibda man etilgan transport vositalarini, xuddi shuningdek davlat raqam belgisi o‘zboshimchalik bilan echib olingan transport vositalarini boshqarish |
1 |
|
126-modda. Ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali, shuningdek tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qoplamali transport vositalaridan foydalanish |
(birinchi qism) Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno |
0,5 |
(ikkinchi qism) Xuddi shunday huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa |
1 |
|
127-modda. Transport vositalarining tovush chiqaruvchi, yorituvchi va boshqa qurilmalaridan foydalanish, ularni o‘rnatish qoidalarini buzish |
(birinchi qism) Tovush signalini sababsiz berish, transport vositalariga uni ishlab chiqargan korxona nazarda tutmagan tovush chiqaruvchi va yorituvchi qurilmalarni o‘rnatish, xuddi shuningdek ularni o‘zgartirib o‘rnatish |
0,2 |
1283-modda. Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini oshirib yuborishi |
(birinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi |
0,5 |
(ikkinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 20 kilometrdan ortiq, lekin 40 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi |
1 |
|
(uchinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 40 kilometrdan ortiq, lekin 60 kilometrdan ko‘p bo‘lmagan kattalikda oshirib yuborishi |
1,5 |
|
(to‘rtinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining belgilangan harakat tezligini soatiga 60 kilometrdan ortiq kattalikda oshirib yuborishi |
2 |
|
1284-modda. Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan to‘xtash chizig‘ini bosib kirishi va o‘tishi |
(ikkinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining svetoforning taqiqlovchi signaliga yoki yo‘l harakatini tartibga soluvchining taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmasdan o‘tishi |
1 |
1285-modda. Transport vositalari haydovchilarining xalaqit berishi yoki avariya holatini yuzaga keltirishi, yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga chiqishi |
(birinchi qism) Tezkor va maxsus xizmatlarning ko‘k yoki qizil yoxud ko‘k va qizil rangli yaltiroq mayoqchani yoqqan holda hamda maxsus tovushli signal bilan yaqinlashib kelayotgan transport vositalari to‘siqsiz o‘tib ketishi uchun transport vositalari haydovchilari tomonidan xalaqit berish |
0,5 |
(ikkinchi qism) Transport vositalari haydovchilarining yo‘lning qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomoniga yoki bo‘lagiga yo‘l harakati qoidalarini buzgan holda chiqishi, xuddi shuningdek avariya holati yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan, ya’ni yo‘l harakatining boshqa qatnashchilarini tezlikni, harakat yo‘nalishini keskin o‘zgartirishga yoki o‘z xavfsizligini yoxud boshqa fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash uchun o‘zga choralarni ko‘rishga majbur qiluvchi huquqbuzarlikni sodir etishi |
1 |
|
1286-modda. Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi |
Transport vositalari haydovchilarining to‘xtash yoki to‘xtab turish qoidalarini buzishi |
0,2 |
1288-modda. Transport vositasida odam tashish qoidalarini buzish |
(birinchi qism) Odam tashish qoidalarini buzish |
0,3 |
(ikkinchi qism) Avtobus va mikroavtobuslarda ichki ishlar organlarining hamrohligisiz odam tashish, agar ularning hamrohligida odam tashish shart bo‘lsa |
0,5 |
|
1289-modda. Transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzish |
Transport vositalarini quvib o‘tish qoidalarini buzish |
1 |
129-modda. Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi |
Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati xavfsizligiga tahdid soluvchi yoki avariya holatini keltirib chiqaruvchi guruh bo‘lib harakat qilishda qatnashishi |
1,5 |
130-modda. Transport vositalari haydovchilarining temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi |
Transport vositalari haydovchilarining temir yo‘lning o‘tish joylaridan o‘tish qoidalarini buzishi |
1 |
137-modda. Yo‘l-transport hodisasi yuz bergan joydan ketib qolish |
(birinchi qism) Yo‘l-transport hodisasi qatnashchilarining belgilangan qoidalarni buzgan holda hodisa yuz bergan joydan ketib qolishi |
2 |