Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 6075 marta o'qildi

Qaysi radarlar oldida belgi o‘rnatiladi?

2025-yil 1 sentyabrdan harakat tezligini nazorat qilish uchun mo‘ljallangan har qanday turdagi:

  • statsionar radar;
  • mobil radar joylashgan hududda «Radar» yo‘l belgisi o‘rnatilishi shart.

Mazkur talab radar davlat organiga yoki tadbirkorlik sub’ektiga tegishli ekanidan qat’i nazar, tezlikni nazorat qilish uchun foydalanilayotgan maxsus vositalarga taalluqli.

Belgi qanday masofada o‘rnatiladi?

«Radar» yo‘l belgisi radar o‘rnatilgan joygacha:

  • kamida 250 metr;
  • ko‘pi bilan 500 metr masofada o‘rnatilishi kerak.

Belgi haydovchiga tezlik nazorati olib borilayotgan hudud haqida oldindan ma’lumot berish uchun xizmat qiladi.

Muhim: «Radar» belgisining mavjudligi haydovchiga faqat belgi o‘rnatilgan hududdagina tezlik chekloviga rioya qilish majburiyatini yuklamaydi. Haydovchi yo‘lning barcha qismida belgilangan tezlik talablariga amal qilishi shart.

Belgi bo‘lmasa nima qilish mumkin?

Radar oldida belgi o‘rnatilmagan yoki belgilangan masofaga rioya qilinmagan bo‘lsa, holatni foto yoki video orqali qayd etib, Yo‘l harakati xavfsizligi xizmatiga murojaat qilish mumkin.

Radar qayd etgan qoidabuzarlik bo‘yicha qaror qabul qilingan bo‘lsa, uning qonuniyligiga nisbatan belgilangan tartibda shikoyat beriladi. Belgining mavjud emasligi har bir holatda qarorni avtomatik ravishda bekor qilmaydi — shikoyatni ko‘rib chiquvchi vakolatli organ yoki sud holatlarga huquqiy baho beradi.

Chat