Haydovchi transport vositasining holati, yo‘l va ob-havo sharoiti, harakat serqatnovligi hamda ko‘rinish darajasini hisobga olib, belgilangan cheklovdan oshmagan holda xavfsiz tezlikni tanlashi shart.
Muhim! Qoidalarda belgilangan umumiy cheklovdan qat’i nazar, yo‘lda boshqa tezlik ko‘rsatilgan belgi o‘rnatilgan bo‘lsa, haydovchi yo‘l belgisi talabiga amal qilishi kerak.
Aholi punktlarida transport vositalarining tezligi soatiga 70 kilometrdan oshmasligi kerak.
Biroq Nukus va Toshkent shaharlarida, viloyat va tuman markazlarida, shuningdek boshqa shaharlar hududlarida eng yuqori tezlik soatiga 60 kilometr etib belgilangan.
Tegishli yo‘l belgilari orqali muayyan yo‘l qismlarida boshqa tezlik cheklovi belgilanishi mumkin.
Tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan maktab va maktabgacha ta’lim tashkilotlariga etmasdan va ulardan o‘tib ketgandan keyin 300 metrdan kam masofada tezlik soatiga 30 kilometrdan oshmasligi kerak.
Muhim! 30 km/soatlik cheklov maktab yoki bog‘cha atrofida tegishli yo‘l belgilari o‘rnatilgan qismda amal qiladi.
Turar joy dahalari, ko‘p kvartirali uylar orasidagi hududlar, hovlilar va boshqa yondosh hududlarda eng yuqori tezlik soatiga 20 kilometrni tashkil etadi.
Bunday joylarda piyodalar harakatlanishda ustunlikka ega bo‘lishi mumkin. Haydovchi bolalar, keksalar va ko‘rinishi cheklangan joylardan chiqishi mumkin bo‘lgan boshqa shaxslarga alohida e’tibor berishi zarur.
Aholi punktlaridan tashqarida:
Yo‘lning qaerda joylashganidan qat’i nazar:
Xavfli, og‘ir vaznli yoki katta o‘lchamli yuk tashuvchi transport vositasi YHXX bilan kelishilgan tezlikdan oshmasligi kerak.
Ruxsat etilgan eng yuqori tezlikda harakatlanish har doim ham xavfsiz degani emas. Yomg‘ir, tuman, muzlama, yo‘lning nosozligi, tirbandlik yoki ko‘rinish cheklangan holatda haydovchi tezlikni yanada kamaytirishi kerak.
Xavf yuzaga kelganda haydovchi avtomobilning to‘liq to‘xtashini ta’minlaydigan darajada tezlikni kamaytirishi yoki boshqa ishtirokchilarga xavf tug‘dirmasdan to‘siqni aylanib o‘tishi shart.
Tezlik cheklovlari Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12 apreldagi 172-son qarori bilan tasdiqlangan Yo‘l harakati qoidalarining 77–81-bandlarida belgilangan.