Har bir davlat o‘zining ijtimoiy-siyosiy, madaniy va tarixiy xususiyatlariga qarab qonunlar qabul qiladi. Ammo ba’zi mamlakatlarda shunday qonunlar borki, ularning borligiga ishonish qiyin. Bu qonunlar ba’zan hazildek tuyuladi, ba’zan esa insonni hayratga soladi. Quyida ana shunday eng g‘aroyib va kutilmagan qonunlar bilan tanishamiz.
Singapurda saqich chaynash taqiqlangan
Singapurda 1992-yildan beri chaqoq (jevatelьnaya rezinka) sotish, olib kirish va hatto chaynlash taqiqlangan. Bu qonun shaharni sof va tozaligicha saqlash maqsadida qabul qilingan. Bu holat Singapurni dunyodagi eng toza shaharlardan biriga aylantirdi. Faqat 2004-yilda tishlarni davolash uchun kam miqdordagi saqichlardan qonuniy foydalanish tiklandi. Ular bevosita stomatolog yoki shifokordan sotib olinishi kerak.
Shveytsariyada tungi vaqtda hojatxonada suv tushirish mumkin emas
Shveytsariyada kechki soat 22:00 dan keyin hojatxona suvini oqizish va dushdan foydalanish mumkin emas. Bunday qonunni amaldorlar tungi vaqtdagi shovqin-suronga qarshi kurashish uchun joriy etishgan. Taqiq faqat ko‘p qavatli uylarga taalluqli. Shunday qilib, agar qo‘shnilar ma’lum bir kvartiradan suv oqayotganini eshitayotganidan shikoyat qilishsa, uning egalari 1000 evro jarima to‘lashadi.
Yaponiyada semizlik qonuniy cheklovda
Yaponiyada 2008-yildan boshlab “Metabo qonuni” amal qiladi. Unga ko‘ra, 40 yoshdan 74 yoshgacha bo‘lgan fuqarolarning bel aylanasi aniq chegarada bo‘lishi kerak (erkaklar uchun – 85 sm, ayollar uchun – 90 sm). Bu orqali mamlakat sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etadi.
Saudiya Arabistonida ro‘zani buzish – jinoyat
Ramazon oyida jamoat joylarida ovqat eb-ichish, chekish yoki ochiqchasiga ro‘zani buzish Saudiya Arabistonida jinoyat hisoblanadi. Bu shariatga asoslangan qonun bo‘lib, unga rioya qilmaganlarga jarima yoki qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Qonunlar jamiyatning ichida yashaydi va uning talablariga mos ravishda shakllanadi. Lekin ba’zi qonunlar shu darajada noodatiy va g‘aroyib bo‘ladiki, ularni eshitgan odam hayratda qoladi. Biroq shunday qonunlar orqali har bir millatning falsafasi, urf-odatlari va hayotga qarashi ko‘rinadi.