
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi 402-son qaroriga muvofiq, qo‘shimcha davlat granti doirasidagi tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma quyidagi toifalarga beriladi:
Tavsiyanoma yuqoridagi mezonlardan kamida biriga mos keladigan barcha talabgor xotin-qizlarga beriladi. Tavsiyanomalar sonini sun’iy ravishda cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi.
Talabgor tavsiyanoma olish uchun doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha tuman yoki shahar oila va xotin-qizlar bo‘limiga elektron shaklda murojaat qiladi.
Arizalar va tegishli ma’lumotlar har yili 30-maydan 8-iyunga qadar qabul qilinadi.
Talabgorning belgilangan mezonlarga muvofiqligini tasdiqlovchi tug‘ilganlik, nikoh qayd etilganligi, vafot etganlik, nogironlik va boshqa ma’lumotlar ishchi guruh tomonidan «Raqamli hukumat» tizimining idoralararo integratsiyalashuv platformasi orqali tegishli davlat organlarining axborot tizimlaridan olinadi.
Zarur hollarda oilaning ehtiyojmandlik darajasini aniqlashda «Temir daftar», «Ayollar daftari» va **«Yoshlar daftari»**dagi ma’lumotlardan ham foydalaniladi.
Ishchi guruhlar arizalarni har yili 10 iyunga qadar ko‘rib chiqadi va tavsiyanoma berish tavsiya etilgan xotin-qizlar ro‘yxatini shakllantiradi.
Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha talabgorning telefon raqami yoki elektron pochta manziliga tavsiyanoma berish tavsiya etilganligi yoxud rad etilganligi haqida xabar yuboriladi.
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi 14-iyunga qadar tavsiyanomalarni elektron hujjat shaklida rasmiylashtiradi. Tuman yoki shahar oila va xotin-qizlar bo‘limlari esa 15-iyunga qadar tavsiyanomaning talabgorga etkazilishini ta’minlaydi.
Tavsiyanoma elektron hujjat shaklida beriladi va bir yil davomida amal qiladi.
Tavsiyanoma ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan qo‘shimcha 4 foizli davlat granti doirasida tanlovda ishtirok etish huquqini beradi.
Ushbu imtiyoz abiturient ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan birinchi bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘llaniladi.
Alohida qabul ko‘rsatkichlari doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abiturient o‘zi tanlagan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha umumiy tanlovda ishtirok etishda davom etadi.
Tavsiyanoma ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish uchun o‘tkaziladigan tanlovga nisbatan tatbiq etilmaydi.