Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 10365 marta o'qildi

Vakolatli tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

Taqdim etiladigan hujjatlar:
  • anketa-ariza;
  • pasport nusxasi (yuridik shaxslar STIR);
  • turlar bo‘yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o‘simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug‘lari va botanika kollektsiyalari miqdori va soni;
  • chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;
  • olib chiqish uchun asos — yovvoyi o‘simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o‘simliklarni qonuniy g‘amlash (to‘plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami);

Arizani ko‘rib chiqish uchun yig‘im:
  • O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari — jismoniy shaxslardan BHMning 0,1 koeffitsienti miqdorida;
  • tabiatdan foydalanuvchilardan — yuridik shaxslardan BHMning 0,2 koeffitsienti miqdorida;
  • xorijiy fuqarolardan — CITES ruxsatnomalari uchun 50 AQSh dollari va boshqa ruxsatnoma uchun — 10 AQSh dollari miqdorida yig‘im undiriladi.

Muddat: 15 ish kunigacha

Chat