Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 234 marta o'qildi

Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etiladi


Bugungi kunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Shunday islohotlardan biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining tashkil etilishi bo‘ldi. Ijtimoiy himoya milliy agentligining hududiy boshqarmalari sifatida mahalliy hududlarda inson ijtimoiy xizmatlari markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.


“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining maqsadi – ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamiga mahalla darajasida kompleks ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishdir. Ular quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

1.   Og‘ir ahvolga tushib qolgan yoki tushib qolish xavfi bo‘lgan shaxslar va oilalarga mahalla darajasida kompleks ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish. Bunda har bir ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning kam ta’minlanganlik darajasi atroflicha o‘rganilib, ularni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha, chora tadbirlar ko‘riladi.


2.   O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashaydigan shaxslar yoki yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga quyidagi xizmatlarni ko‘rsatish:

• Uyda parvarish qilish;

• Ularni qo‘llab-quvvatlash  va reabilitatsiya qilish;

• statsionar tartibda sog‘lomlashtirish.


3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya moslamalari hamda reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash; Albatta, bunda shaxslarning ushbu vositalarga muhtojlilik darajasi tekshiriladi. Ularga shunga asoslanib ma’lumotnomalar beriladi.

Shuningdek, inson ijtimoiy xizmatlari markazlari nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun quyidagi xizmatlarni taklif etadi:

• Protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalarini olish uchun sertifikatni rasmiylashtirish;

• Talabgorlarni o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan shaxs deb e’tirof etish;

• O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz nogironligi bo‘lgan shaxslarga moddiy yordam tayinlash va to‘lash;

• Protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalarini olib berish uchun homiylik qilish istagini bildirgan shaxslarga tegishli hududdagi muhtoj shaxslarning ro‘yxatini taqdim etish;

• Muhtoj shaxs nomidan protez moslamalari yoki reabilitatsiya vositalari uchun buyurtmani shakllantirishda ko‘maklashish.


 Nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘zlari istiqomat qiladigan hududdagi inson ijtimoiy xizmatlariga borib to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilishlari mumkin. «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga bevosita o‘zlari borib murojaat qilishlari mumkin. Inson ijtimoiy xizmatlari markaziga murojaat qilish mutlaqo to‘lovsiz shaklda amalga oshiriladi. Shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar 1140 yoki 1146 qisqa ishonch raqamlari orqali ham mazkur markazlarga onlayn shaklda murojaat qilish imkoniyatiga egalar.

Chat