Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2466 marta o'qildi

Qaerlarda berilgan ishonchnomalar notarial tasdiqlangan deb hisoblanadi?

O‘zbekiston fuqarosi Belarusь fuqarosiga ishonchnoma berishi mumkinmi?

Ha. Vakilning Belarusь fuqarosi ekanligi unga O‘zbekiston hududida ishonch bildiruvchi nomidan harakat qilishga to‘sqinlik qilmaydi.

Agar ishonchnoma O‘zbekiston notariusi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa, u O‘zbekiston hududida qo‘shimcha apostilь yoki legallashtirishsiz amal qiladi.

Ishonchnoma Belarusь notariusi tomonidan tasdiqlangan bo‘lsa-chi?

O‘zbekiston va Belarusь 1993-yilgi Fuqarolik, oilaviy va jinoiy ishlar bo‘yicha huquqiy yordam va huquqiy munosabatlar to‘g‘risidagi konventsiya ishtirokchilari hisoblanadi.

Konventsiyaga muvofiq, bir ishtirokchi davlatning vakolatli organi yoki shaxsi belgilangan shaklda rasmiylashtirgan va gerbli muhr bilan tasdiqlagan hujjatlar boshqa ishtirokchi davlat hududida maxsus tasdiqlashsiz qabul qilinadi.

Shuning uchun Belarusь notariusi rasmiylashtirgan ishonchnoma uchun, qoida tariqasida, O‘zbekistonda apostilь yoki konsullik legallashtirishi talab etilmaydi.

Tarjima talab etiladimi?

Agar ishonchnoma notarial harakat amalga oshiriladigan tilda bo‘lmasa yoki hujjatni qabul qiluvchi organ uning tilini tushunmasa, ishonchnomaning notarial tasdiqlangan tarjimasi talab qilinishi mumkin.

“Bosh ishonchnoma” barcha harakatlarni amalga oshirish huquqini beradimi?

“Bosh ishonchnoma” qonunchilikda alohida turdagi cheklanmagan hujjat degani emas. Vakil faqat ishonchnomada aniq ko‘rsatilgan vakolatlar doirasida harakat qilishi mumkin.

Masalan, ko‘chmas mulk yoki avtomobilni sotish, pul olish, davlat organlarida ishtirok etish yoxud qayta ishonch bildirish huquqi ishonchnomada alohida ko‘rsatilishi lozim.

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga ko‘ra:

  • ishonchnoma ko‘pi bilan uch yilga berilishi mumkin;
  • muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u bir yil amal qiladi;
  • berilgan sanasi ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas.

Vasiyatnoma tuzish kabi shaxsan amalga oshirilishi shart bo‘lgan harakatlarni vakil orqali bajarib bo‘lmaydi.

Chat