Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 2769 marta o'qildi

Antidoping

Dopingga qarshi qoidalarni buzish, jumladan, quyidagi holatlarni qamrab oladi:

  • sportchi namunasida taqiqlangan modda, uning metaboliti yoki markeri aniqlanishi;
  • taqiqlangan modda yoki usuldan foydalanish yoki foydalanishga urinish;
  • namuna topshirishdan bosh tortish, qochish yoki uzrsiz ravishda namuna topshirmaslik;
  • sportchining qaerdaligi haqida ma’lumot berish va testdan o‘tishga oid talablarni buzish;
  • doping-nazorat jarayonini soxtalashtirish yoki soxtalashtirishga urinish;
  • taqiqlangan modda yoki usulga qonunga xilof ravishda egalik qilish;
  • taqiqlangan modda yoki usulni tarqatish yoki tarqatishga urinish;
  • boshqa sportchiga taqiqlangan modda yoki usulni qo‘llash yoki qo‘llashga urinish;
  • doping qoidabuzarligiga yordam berish, rag‘batlantirish, yashirish yoki boshqa tarzda hamkorlik qilish;
  • taqiqlangan shaxs bilan belgilangan tartibga zid hamkorlik qilish;
  • doping qoidabuzarligi haqida vakolatli organga xabar berishga to‘sqinlik qilish yoki xabar bergan shaxsdan qasos olish.

Eslatma: sportchi qabul qilayotgan dori yoki qo‘shimchaning tarkibini tekshirishi muhim. WADAning 2026-yilgi taqiqlangan moddalar va usullar ro‘yxati 2026-yil 1 yanvardan amal qiladi.

Normativ hujjatlar

O‘zbekiston Sportda dopingga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konventsiyani 2010-yilda ratifikatsiya qilgan.

Chat