Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 196 marta o'qildi
Qonun (O‘RQ–1076-son, 30.07.2025-y.) bilan O‘zbekiston Respublikasining Suv kodeksi tasdiqlandi.

Kodeks suv, suv ob’ektlari, suv xo‘jaligi ob’ektlari va suv fondi erlaridan oqilona foydalanish hamda ularni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi.

Kodeksga ko‘ra,  suv umummilliy boylikdir, undan oqilona foydalanish lozim va u davlat tomonidan muhofaza qilinadi.

Suvdan foydalanish umumiy va maxsus foydalanishga bo‘linadi.


Suv ob’ektlarining toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • O‘zbekistonning er usti va er osti suv ob’ektlari;
  • O‘zbekistonda joylashgan va uning hududini kesib o‘tadigan transchegaraviy er usti va er osti suv ob’ektlari.

Suv ob’ektlari tanho yoki birgalikda foydalanishda bo‘lishi mumkin.

Suv resurslarini boshqarishda qarorlar qabul qilish maqsadida respublika va havzalar, zarur hollarda hududlar darajasida kollegial-maslahat organi shaklida suv kengashlari tashkil etiladi.

Bundan tashqari, Vazirlar Mahkamasi huzurida Respublika suv kengashi tashkil etiladi.

Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi. 

Chat