Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 162 marta o'qildi
“Xalqaro shartnomaga qo‘shilish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-240-son, 30.07.2025-y.) qabul qilindi 

Qarorga muvofiq, O‘zbekiston Korruptsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlatlararo kengash tuzish to‘g‘risidagi bitimga qo‘shildi. 

Ushbu Bitim 2013-yil 25-oktabrь kuni Minsk shahrida imzolangan. 

Tashqi ishlar vazirligi shartnomani amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan vaqolatli organ to‘g‘risida tegishli bildirishnomani depozitariyga yuboradi. 

Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin uning qoidalari bajarilishini ta’minlaydi.

Chat