Shrift o‘lchami
Ko‘rinish
Nizom davlat xaridlari elektron tizimi operatori faoliyatini tashkil etish, elektron tizimda ma’lumotlarni almashish hamda davlat xaridlari to‘g‘risidagi ayrim axborotlarni moderatsiyadan o‘tkazish tartibini belgilaydi.
Davlat buyurtmachilarining xaridlarni amalga oshirish va ishtirokchilarning xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etish jarayonlari ularning davlat xaridlari elektron tizimida ro‘yxatga olingan paytdan e’tiboran amalga oshiriladi.
Davlat xaridlari elektron tizimida axborot tizimlari o‘rtasida axborot almashinuvi axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik talablariga muvofiq sertifikatlangan vositalardan foydalangan holda, himoyalangan aloqa kanallari orqali amalga oshirilishi shart.
Bunda davlat xaridlari sohasidagi nazoratni amalga oshiruvchi organlar uchun zarur hujjat va ma’lumotlarni maxsus axborot portali orqali operatordan masofaviy talab qilib olish mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi.
Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilgan ishtirokchilarning davlat xaridlaridagi ishtiroki davlat xaridlari elektron tizimi tomonidan avtomatik tarzda cheklanadi.