Huquqiy maslahat - bepul,tezkor, hammaga!

  • 41 marta o'qildi

Hukumat qarori (484-son, 31.07.2025-y.) bilan “Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ota va onalarga farzandi uchun maktabgacha ta’lim xizmatidan foydalanish uchun moddiy yordam to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


Qarorga ko‘ra, moddiy yordam Kambag‘al oilalar reestriga kiritilgan va rasmiy band bo‘lgan yolg‘iz ona (ota)ga ijtimoiy shartnoma asosida to‘lanadi.

Bunda ularning maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanayotgan 3 yoshgacha bo‘lgan farzand(lar)iga BHMning 1,5 baravarigacha miqdorda to‘lab beriladi.

Moddiy yordam qonuniy vakilning 3 yoshgacha bo‘lgan faqat 1 nafar farzandi (bolalar egizak bo‘lsa, egizaklarning har biriga) uchun beriladi.

Moddiy yordam olish uchun qonuniy vakil “Inson” markazlari, Davlat xizmatlari markazlariga bevosita kelgan holda yoki ijtimoiy xodim yoxud “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi (“YaMIH” AT), shuningdek, YaIDXP (my.gov.uz) orqali ariza bilan murojaat qiladi.

Arizada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:

▪️ qonuniy vakilning fuqarolik biometrik pasporti ma’lumotlari;
▪️ 3 yoshgacha bo‘lgan farzand(lar)ining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi(lari) ma’lumotlari;
▪️ mobil telefoni raqami;
▪️ AT “Xalq banki” bankida ochilgan bank kartasi ma’lumotlari.

Moddiy yordam hisobot oyidan keyingi oyning 10-sanasigacha qonuniy vakillarning “ijtimoiy karta”lariga, ular mavjud bo‘lmaganda, AT “Xalq banki”da ochilgan bank kartalariga o‘tkazib beriladi.

Chat